09:21 / 15.09.2017
16837

Taylandda och fil pikapga hujum qildi (video)

Taylandda filning avtomobilga hujumi videosi olindi. Videoda fil bir harakati bilan pikap tomini joyidan ko‘chirib tashlaganini ko‘rish mumkin. Bu vaqtda avtomobildagi odamlardan kimdir jabrlangani ma'lum qilinmagan.  

Voqea Prachuapkxirikxan shahrida yuz bergan. Yo‘lda ketayotgan fil mashinalardan biri oldiga kelib, uning tomini boshi bilan surib, joyidan ko‘chirib yuborgan. Rolik muallifining yozishicha, fil och bo‘lgan, chunki u shu yo‘sinda o‘ziga ovqat izlaydi.

Ushbu video muallifi ko‘z o‘ngida yuz berayotgan voqeadan qo‘rqib ketib, voqea joyidan tezroq jilib qolishga tushgan. Shu sababli voqea nima bilan tugagani mavhumligicha qolgan.

Mavzuga oid
Top