12:09 / 15.09.2017
10405

Uy bekasini “uyimni sizga sotaman” deb chuv tushirib ketishdi

Bekobod shahrida yashovchi, uy bekasi, 1954 yilda tug‘ilgan M.S. firibgarlik yo‘li bilan, Sirdaryo viloyatida yashovchi, uy bekasi, 1976 yilda tug‘ilgan G.A.ning ishonchini suiste'mol qilib, «uyimni sizga sotaman» – deb aldab, undan 2.100 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston  Respublikasi Jinoyat Kodeksning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni IIB olib bormokda.

Mavzuga oid
Top