22:47 / 15.09.2017
12350

O‘zbekiston elchisi Xitoy raisiga ishonch yorlig‘i topshirdi

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasida yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidov ushbu mamlakat raisi Si Tszinpinga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat davomida XXR raisi O‘zbekiston bilan hartomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga Pekinda muhim ahamiyat berilishini alohida qayd etdi. Si Tszinpinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va XXRning hamkorligi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan may oyida Pekinda, iyun oyida Ostonda bo‘lib o‘tgan muzokaralari va uchrashuvlarini yodga olar ekan, XXR raisi oliy darajada bo‘lib o‘tgan muloqot barcha muhokama qilingan mavzularda pozitsiyalarning umumiyligi va mos kelishini namoyish etib berganini ta'kidladi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda hamjihatlikni yanada faollashtirish zaruriyati borasida mushtarak fikrda bo‘lishdi.

Top