19:09 / 16.09.2017
15837

Messi uchun ideal sherik kim ekani aytildi

Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi Ernan Krespo «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi o‘yiniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«O‘zga sayyoralik bo‘lgan Krishtianu Ronaldu va Leo Messidan menga o‘yin uslubi eng yoqadigan futbolchi Mauro Ikardi.

U endigina 24 yoshga kirdi, shu yoshda bo‘lishiga qaramasdan, hozirdanoq g‘oliblik xarakteridagi futbolchi sifatida shakllandi, kelajakda esa jahon darajasidagi futbolchi bo‘la olishi mumkin.

Men Ikardini Italiyaga kelganidan buyon kuzatib kelaman. Har yili, ko‘plab qiyinchiliklarga qaramasdan u o‘sishda davom etmoqda. Bu uning aqlli yigit ekanini bildiradi.

Mauro – ideal markaziy hujumchi. U chap oyoqda ham, o‘ng oyoqda ham, boshda ham gol ura oladi. Jarima maydonchasi ichida o‘zini xuddi uyidagidek erkin his qiladi.

Ikardi – Messi uchun eng ideal sherik bo‘ladi. Ha, uning hayotida qandaydir tushunmovchiliklar ko‘p bo‘ldi, ammo men futbol nuqtai-nazaridan bular inobatga olinishini qo‘llab-quvvatlamayman. Menimcha hozir hammasi joyiga tushib ketgan. Ikardi – Argentinani Jahon chempionatiga olib borishi kerak bo‘lgan kerakligi hujumchi», – deya Kresponing so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Top