16:16 / 16.09.2017
9526

Mirziyoyev va Nazarboyev muloqoti ikki davlat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi

Foto: Akorda.kz/Arxiv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda rasmiy delegatsiyalar a'zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokarada mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda.

Top