09:45 / 16.09.2017
6545

Oq uy Iroq Kurdistoni hukumatiga chaqiriq bilan chiqdi

Oq uydan ma'lum qilishlaricha, Iroq Kurdistonining mustaqilligi bo‘yicha referendum vaziyatni beqarorlashtirmoqda va IShID bilan kurashga xalaqit bermoqda, shuning uchun uni bekor qilish lozim.

«AQSh Kurdiston mintaqaviy hukumatining (Iroq Kurdistoni parlamenti – tah.) shu oyda referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlamaydi», - deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, Vashington Kurdiston mintaqaviy hukumatini referendumni bekor qilish va Bag‘dod bilan «jiddiy hamda sermazmun» muloqotni boshlashga chaqirdi.

Joriy yilning 8 iyun kuni Iroq Kurdistoni mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazishini e'lon qildi. Avgust oyi oxirlarida Iroq Kurdistondagi referendumni tan olmasligi ma'lum qilindi. Bugun esa Turkiya Iroq Kurdistonida referendum o‘tkazilishi munosabati bilan harakatlar rejasini ma'lum qilishi xabar berildi.

Top