23:10 / 17.09.2017
7135

Fransiya chempionati. «Davra to‘ri» mehmonlarniki

Foto: Twitter/UEFA Europa League

Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qiziq tomoni, uchchala uchrashuvda ham mehmonlarning qo‘li baland keldi.

«Amen» mehmoni bo‘lgan «Marsel» Klinton N‘Jining dubli evaziga g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, «Nitstsa» Mario Balotelli goli yordamida kichik hisobda zafar quchdi. Shuningdek, «Metts» «Anjyer» uyida g‘alaba bilan qaytdi.

Ushbu g‘alabalardan keyin «Marsel» hisobidagi ochkolar soni 10taga yetib, turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, «Nitstsa» 9 ochko to‘plab 8-pog‘onaga joylashdi.

Fransiya chempionati, 6-tur

Amen – Marsel 0:2 (0:0)
Gollar:
 N`Ji (52, 55).
Amen: Gyurtner, Adenon, Guano, Dibassi, Ilsh (Traore, 68), Zungu (Natan, 81), Monkondyui, Kakuta, Manzala (Gakpe, 63), El-Xo‘jam, Konate.
Marsel: Pele, Rami, Amavi, Sakai, Rolandu, Zambo-Angissa, Luis Gustavo, Payyet (Sanson, 76), Toven (Sarr, 89), Okampos, N`Ji (Jyermen, 68).
Ogohlantirishlar: El-Xo‘jam (3), Guano (14), Luis Gustavo (32), N`Ji (40), Zambo-Angissa (81).

Renn – Nitstsa 0:1 (0:0)
Gol:
 Balotelli (79).
Renn: Koubek, Nyanon, Baal, Traore, Bensebayni, Sarr, Burigo, Amalfitano (Mauassa, 77), Andre (Lea Siliki, 86), Hazri (Mubele, 60), Prtsich.
Nitstsa: Kardinal, Marlon, Jalle, Suke, Dante, Sent-Maksimen (Valter, 90), Kozello, Seri (Mendi, 71), Le-Melu, Plea, Balotelli (Ganago, 83).
Ogohlantirishlar: Prtsich (35), Sent-Maksimen (45), Jalle (49), Seri (69), Le-Melu (85), Suke (90).

Anjyer – Metts 0:1 (0:0)
Gol: Ru (55).

Anjyer: Letele, Traore, Andre, Bamba, Toma, Kapel (Te, 57), Santamariya (Sunu, 75), Fyuljyeni (Kulibali, 58), Mangani, Toko-Ekambi, Giyom.
Metts: Didiyon, Bishevats, Yudol, Baliu, Nyaxate, Koad, Filipps (Kafu, 85), Dossevi, Poblete, Ngette, Ru (Diane, 90).
Ogohlantirishlar: Filipps (62), Baliu (77), Mangani (90), Kafu (90).

Top