08:51 / 17.09.2017
7214

Rossiya 13 yillik tanaffusdan keyin Iroq bilan aviaaloqani tiklamoqda

Rossiya va Iroq o‘rtasidagi aviaaloqa 13 yillik tanaffusdan keyin tiklanmoqda, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” axborot agentligi. 

17 sentabrda Moskvaga Iroqning Iraqi Airways aviakompaniyasining Iroq transport vaziri Kozim Hamamiy boshchiligidagi delegatsiyasi samolyoti yetib keladi. Keyinchalik Iroqning Irbil shahri va Rossiyaning Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari o‘rtasida aviaaloqani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi aviaaloqa 2004 yilda Moskva tomondan Iroqdagi vaziyat yomonlashgani sababli parvozlar xavfsizligining yetarlicha darajada ta'minlanmagani sababli to‘xtatilgan edi.

Mavzuga oid
Top