11:06 / 18.09.2017
5559

AQSh va Janubiy Koreya dengizda yangi mashqlarni qachon o‘tkazishi ma'lum 

Foto: Reuters

AQSh va Janubiy Koreya Koreya yarim oroli yaqinidagi suvlarda navbatdagi qo‘shma mashqlarni kelasi oyda o‘tkazadi. Bu haqda «Ryonxap» Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga asosan xabar bermoqda.

Rejaga ko‘ra, mashqlarda Amerikaning aviatashuvchi zarba guruhi qatnashadi. Shu bilan birga, aviatashuvchining nomi hozircha ochiqlanmayapti.

Shuningdek, davlatlar Yaponiya ishtirokida sentabr oxiri – oktabr boshida yana bir mashqlarni o‘tkazishadi. Ularda KXDR tomonidan ehtimoliy raketa zarbasi paytida harakatlanish uslublari ishlab chiqiladi.

Avvalroq AQSh va Janubiy Koreya oktabrda yangi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi ekani xabar berilgandi.

Top