13:22 / 18.09.2017
9597

Dubayda dunyodagi birinchi "aqlli" politsiya uchastkasi foydalanishga topshirildi

Birlashgan arab amirliklari Dubay shahrida "aqlli" politsiya uchastkasi ochildi, deb yozmoqda Gulf News.

Nashrning yozishicha, bu dunyodagi ilk shunday ichki ishlar idorasi hisoblanadi. Unga keluvchilar 60 turdagi xizmatlardan foydalana olishadi, huquqbuzarliklar yoki YTH haqida xabar bera olishadi. 

Foto: Gulfnews

Ta'kidlanishicha, politsiyachilar bilan muloqot videoaloqa va elektron aloqa ko‘rinishida tashkil etiladi. "Aqlli" politsiyachi tunu-kun ishlaydi. Keyinchalik bu tajriba Dubay shahrining barcha tumanlarida joriy etiladi. Bu esa, o‘z navbatida, boshqa politsiya uchastkalariga tushayotgan yuklamalarni kamaytirish imkonini beradi. 

Foto: Gulfnews
Foto: Gulfnews

 

Top