10:04 / 18.09.2017
46174

Yevropaning mashhur suv tozalovchi filtrlari O‘zbekistonda

Foto: BWT 

Toshkentning Wyndham mehmonxonasida “UCHTEPA FAROVON SAVDO” MChJ tomonidan “Yevropadan keltirilgan suv tayyorlash va zamonaviy isitish tizimlari: dizayn va ilg‘or texnologiyalar” mavzusida seminar tashkil etildi. Shu kuni korxona Yevropaning eng mashhur BWT kompaniyasining taqdimoti ham o‘tkazildi.

 

BWT haqida

BWT (Best Water Technology) – suvni qayta tayyorlash sohasidagi yetakchi konsern. 1990 yilda tashkil topgan kompaniyaning asosiy maqsadi xususiy va sanoat iste'molchilar, mehmonxona, kasalxona hamda mahalliy buyurtmachilarga innovatsion, ekologik toza va samarali texnologiyalarni yetkazib berish orqali maksimal xavfsizlik, gigiyena va salomatlikni ta'minlab beruvchi suvni tayyorlashdir.

BWT hamkorlari: Xitoy, Hongkong, Indoneziya, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayvan, Qozog‘iston, Vetnam, Tayland va O‘zbekiston.

 

Siz ichayotgan suv qay darajada tozaligini bilasizmi?

Suv –hayot manbai. Kundalik hayotimizda suvdan beixtiyor foydalanamiz. Biroq siz iste'mol qilayotgan suv qay darajada shaffof ekanligini bilasizmi? Krandan kelayotgan suv ichida ko‘zga ko‘rinmaydigan zararli moddalar bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida inson salomatligi uchun xavf tug‘diradi.

 

Nima uchun BWT?

Suvsiz hayot bo‘lmaydi, yuksalish, farovonlik bo‘lmaydi. BWT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ekologik va shu bilan birga tejamkor mahsulot suvni tozalash borasida texnologik yetakchilikni ta'minlaydi.

BWT albatta, Yer yuzidagi hamma insonlarning suv iste'mol qilishini nazorat qila olmaydi. Biroq suvni eng yaxshi sifatda tayyorlash uchun barcha tajribani ishga soladi.

Kompaniya ichimlik suvi, texnologik suvlar, sovitish hamda isitish tizimlari, shuningdek, suzish havzalari, basseynlar suvini tozalash va qayta tayyorlashda eng zamonaviy qurilmalarni taqdim etadi.

 

Kompaniyaning afzalliklari:

  • BWT mahsulotlari Yevropaning ultra zamonaviy zavodlarida ishlab chiqariladi
  • Sanitar-gigiyena qoidalari va talablari (HACCP - Hazard Analysis and Critical Control Points)ga to‘liq javob beradi
  • Korxona IZO (ISO 9001 & 14001) sertifikatiga ega

Eng munosib tanlov - suv filtrlari

Nima uchun suv filtrlarini xarid qilish kerak? Avvalom bor, o‘z salomatligimiz uchun, keyin iste'mol qiladigan suvimizni tozalash uchun. Filtrlarning ham turlari ko‘p bo‘lib, ular orasida eng ommabopi Woda Pure – aqlli filtrdir.

Oshxonadagi rakovina ostida Woda Pure filtrini o‘rnatish xonadoningizni toza ichimlik suvi bilan demakdir. Woda Pure suvdan keladigan yoqimsiz ta'm, hidni yo‘qotadi va uni tiniq holda yetkazib beradi.

Woda Pure filtrining eng afzal jihati shundaki – suvning mineral tarkibini saqlab qoladi va bir vaqtning o‘zida sog‘liq uchun zararli bo‘lgan moddalardan tozalaydi.

Shuningdek, mexanik, ko‘mir, majmuaviy tozalash filtrlari, osmos filtrlari, oqim filtrlari, filtr-ko‘za, ultrabinafsha dezinfeksiya filtrlari ham mavjud.

BWT kompaniyasining vakili Alena Silenkova seminar vaqtida filtrlarning turlari, sifati va chidamliligi haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

“Insonlar zamonaviy filtrlarni eng avvalo, o‘z salomatligi uchun xarid qilishi lozim. Sababi, toza ichimlik suvi turli quvurlardan o‘tib, iste'molga yetib kelguncha, o‘z shaffofligini yo‘qotadi. Ayrimlar suvni xlor bilan tozalashga oshiqadi. Biroq tarkibida xlor bo‘lgan suv organizm uchun zararli bo‘lib, foydali bakteriyalarni o‘ldiradi. Yevropada deyarli har bir oilada suv filtrlari mavjud. Germaniyada ichimlik suvi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tufayli 2014 yilda mamlakat har bir muassasa va xonadonda filtrlar bo‘lishi kerak, degan qarorni qabul qildi. Bugungi tadbir ishtirokchilaridagi qiziqishni ko‘rib amin bo‘ldimki, filtrlar O‘zbekistonda ham ommalashadi”, dedi Alena Silenkova.

Sirojiddin Asomuddinov, “UCHTEPA FAROVON SAVDO” MChJ rahbari:

“BWT filtrlari suvni yumshatishdan boshlab tozalab berish kabi xususiyatlarni ham o‘z ichiga oladi. Kompaniya mahsulotlari Yevropa va Osiyoda ham taniqli bo‘lib, maishiy hayot hamda sanoatda keng foydalanishga mo‘ljallangan. Hattoki, kompaniya filtrlari dunyodagi suv tanqis bo‘lgan hududlar, Amerika va BAAdagi sho‘r okean suvlarini iste'molga yaroqli holatga keltirmoqda. Filtrning foydali xususiyatlari ko‘p. Masalan, ular suvdagi qum, toshlarni ushlab qoladi, xlor kimyoviy moddalar va zararli bakteriyalardan tozalaydi, noxush hidlarni yo‘qotadi, shuningdek, foydali moddalarni, minerallarni qo‘shib beradi. Fikrimcha, har bir xonadonda filtrlar bo‘lishi kerak”.

BWT filtrlarini qayerdan sotib olish mumkin?

Kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy dileri – “UCHTEPA FAROVON SAVDO” MChJ bo‘lib, siz sifatli va sinalgan filrlarni quyidagi do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin:

+99871 1440085 (TeploVik do‘koni)
+99871 2356574 (CHAFFOTEAUX do‘koni)
+99871 1500372 (STROY DOM do‘koni)
+99871 2483838 (PILSA do‘koni)

Shuningdek, siz mutaxassislarning bepul konsultatsiyasini ham olishingiz mumkin.

O‘zingiz va oilangiz salomatligi uchun toza ichimlik suvini ta'minlang. Zero, har qanday tanlov o‘z qo‘lingizda

Reklama huquqi asosida

Top