20:15 / 18.09.2017
13152

Germaniya TIV rahbari: Kim Chen In tentak emas

Foto: Reuters

GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Shimoliy Koreya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaraga chaqirdi hamda KXDR yetakchisi Kim Chen In «tentak emasligini» ma'lum qildi. Gabriel bu haqda Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Kim Chen In tentak emas. U ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan strategiyaga amal qilmoqda. Uning fikricha, agarda atom bombasiga ega bo‘lsa, rejimi xavfsiz holatda turadi», - degan Germaniya TIV rahbari.

U AQSh, Rossiya va Xitoyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashabbusi bilan chiqishga chaqirdi. Muzokaralarda KXDRga «xavfsizlikni atom bombasidan boshqa imkoniyatlar bilan ta'minlash kafolatlari taqdim etilishi lozim».

Shuningdek, Gabrielning taxminicha, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar o‘z ishini beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xuddi Eron bilan vaziyatdagi kabi, buning uchun biroz vaqt talab etiladi.

Avvalroq Donald Tramp AQSh KXDRga qarshi kuch qo‘llashning samarali variantlarini ishlab chiqqani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top