08:58 / 18.09.2017
15821

«Real» yana bir rekord qayd etdi

Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 4-turi doirasida «Real Sosedad» mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabaga (3:1) erishdi.

Squawka nashri statistika markazi bergan ma'lumotga ko‘ra, ushbu g‘alaba madridliklarning Ispaniya chempionatidagi mehmonda qo‘lga kiritgan ketma-ket 11-g‘alabasi bo‘ldi.

Natijada «Real» klub tarixida kuzatilmagan natijaga erishdi va klub rekordini o‘rnatdi.

Mavzuga oid
Top