19:14 / 18.09.2017
10062

Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun kelishildi

Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun kelishildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Adliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh yuriskonsulti lavozimiga kelishish uchun taqdim etilgan nomzod Amiriddin Anorboyev, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bosh yuriskonsulti lavozimiga Yorqul Safarov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi yuriskonsulti lavozimiga Sherzod G‘aniyev, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bosh yuriskonsulti lavozimiga Dilnoza Abdurahmanova, Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qo‘riqlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bosh yuriskonsulti lavozimiga Madina Mirvakulova, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” davlat unitar korxonasi yuriskonsulti lavozimiga Ravshan Rahimovlar tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.

Nomzodlarning bilimi, shuningdek ish tajribasi hisobga olinib, ular suhbatdan o‘tgan, deb topildi.

Top