20:02 / 19.09.2017
26502

Bolalikdan nogironlarning onalari 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkinmi?

SAVOL: Men bolalikdan nogiron bo‘lgan, doimiy parvarishga muhtoj ikki nafar farzandimni parvarishlab kelmoqdaman. Menga nogiron bolalarimga qaraganligim uchun 50 yoshdan nafaqaga chiqish mumkinmi?

Ashirjon Nasrullayeva

JAVOB: Ha. «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonunida Bolalikdan nogiron bolalarning onalariga imtiyozlar belgilangan.

Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, agar bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda, ya'ni 50 yoshda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Savollarga huquqshunos Mirzohid Shoqalamov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Top