18:47 / 19.09.2017
3801

Boris Jonson Brexit tufayli iste'foga chiqishi mumkin

Foto: Reuters

Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bosh vazir Tereza Meyning Brexit’ga oid qarori tufayli iste'foga chiqishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Mey Brexit bo‘yicha nutq bilan seshanba, 22 sentabr kuni chiqish qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Jonsonning yaqin do‘stlari fikricha, agarda bosh vazir YeIning yagona bozoriga kirish uchun to‘lovni amalga oshirish g‘oyasini ilgari suradigan bo‘lsa, Britaniya TIV rahbarida iste'foga chiqishdan boshqa yo‘l qolmaydi.

Biroq, nashrning xabar berishicha, ayni damda Nyu-Yorkda, BMT Bosh assambleyasida bo‘lib turgan Jonson iste'foga chiqmasligi haqida ma'lum qilgan.

Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bu boradagi mish-mishlarga tezkor izoh bermagan.

Mavzuga oid
Top