23:35 / 19.09.2017
19191

Xitoylik olimlar qumda hosil yetishtirish yo‘lini o‘ylab topishdi

Xitoylik olimlar cho‘l hududlarini hosildor yerga aylantirish mumkin bo‘lgan texnologiyani kashf etishdi. Chuntsindagi Tszyaotun universiteti olimlari yarim yil ichida mamlakat shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyatidagi 200 gektar qurg‘oqchil yerga urug‘ qadab, ularda turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, ularni o‘ziga xos vohalarga aylantirishdi. 

Ichki Mo‘g‘ulistonda 5 ta cho‘l bo‘lib, hududning katta qismi cho‘ldan iborat. Shu bilan birga Xitoydagi o‘rmonlarning eng katta maydoni shu yerga to‘g‘ri keladi va bu maydon 248700 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Olimlar vaziyatning yanada yomonlashishini to‘xtatish uchun o‘simliklar devorlarida bo‘lgan va qum bilan aralashganda suv, oziqaviy moddalar va havoni ushlab turuvchi moddadan iborat maxsus pastani yaratishdi. 

Foto: Solium

200 gektar cho‘l 6 oy ichida makkajo‘xori, pomidor, sorgo va kungaboqar o‘suvchi plantatsiyalarga aylandi. Ayni vaqtda bu yerda o‘rmonni tiklash bo‘yicha loyiha o‘z ishini boshlagan. Unga ko‘ra, cho‘l hududlarida 3 yil ichida daraxtlarning 50 foizga tiklanishi ko‘zda tutilgan.

"Bizning hisobga ko‘ra, bu yerda 70 dan ko‘proq turdagi qishloq xo‘jaligi o‘simliklari o‘sadi. Ulardan ko‘pchiligi ekilmagan, ular shunchaki o‘smoqda", deb aytgan olimlardan biri.

Olimlar loyihani kengaytirishni rejalashtirishmoqda. Ular yana 200 gektar yerni o‘zlashtirishmoqchi. Olimlar yaqin yillarda 13 ming gektardan ko‘proq cho‘lni hosildor yerga aylantirishmoqchi.

Foto: Solium

Xitoylik amaldorlarning aytishicha, mamlakatda cho‘llashayotan yerlar maydoni yiliga o‘rtacha 2400 kvadrat kilometrga kamaymoqda. 

Top