22:50 / 19.09.2017
13141

Kristin Lagard bayonoti: XVFning O‘zbekiston hamkoriga aylanish qat'iyatini tasdiqlayman

Foto: Twitter / Christine Lagarde

Xalqaro Valyuta fondining ijrochi direktori Kristin Lagard xonim 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng quyidagi bayonotni e'lon qildi:

«Men O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimdan mamnun bo‘ldim. O‘zbekiston rahbariyati ulkan islohotlarni amalga oshirmoqda, avvalo bu valyuta boshqaruvi tizimini isloh qilish bilan bog‘liq. Biz iqtisodiyotni mustahkamlash, ko‘p sonli ish o‘rinlari yaratish va barqaror hamda kompleks taraqqiyotni ta'minlash uchun o‘ta zarur bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Men Prezident Shavkat Mirziyoyevni qo‘shni davlatlar bilan mintaqaviy hamkorlikni yaxshilash borasidagi tashabbuslari uchun muborakbod etaman. Mintaqaviy hamkorlik suv resurslaridan birgalikda foydalanish, samarali mintaqaviy energetika tizimi yaratish va transportni rivojlantirish kabi mintaqaning yirik muammolarini hal etish bu uchun o‘ta zarur.

O‘zbekistonni isloh qilish uzoq davom etadi va oson bo‘lmaydi. Men iqtisodiy o‘sishning yuksak sur'atlariga erishish va aholining turmush darajasini oshirish kabi ushbu yo‘lda Xalqaro Valyuta fondi O‘zbekistonning hamkoriga aylanish qat'iyatini tasdiqlayman».

Top