15:53 / 19.09.2017
8641

Sergelida “Spark” yo‘lovchisidan 3,5 kilogramm marixuana topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yil 14 sentabr kuni soat 15:00 larda, Sergeli tumanida joylashgan “A.Turbanov” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB PPX va YPX xodimlari tomonidan, “Spark” rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, ushbu avtoulov yo‘lovchisi 1992 yilda tug‘ilgan A.A.M.ga tegishli sport sumkasi ichida og‘irligi 3 kilogramm 535 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi (ekspertiza xulosasiga ko‘ra) aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top