08:42 / 19.09.2017
12513

Turkiyalik bitkoinlar deb o‘ldirildi

Foto: Xinhua

Turkiyada g‘araz niyatda noodatiy qotillik sodir etildi. Uch kun avval Antalyada avtomobil ichida 22 yoshli yigitning jasadi aniqlangandi.

Tergov taxminicha, jinoyat qurboni qanchadir miqdorda bitkoinlarga ega bo‘lgan. Qotillar yigitni o‘ldirib, uning barmog‘i yordamida unga tegishli smartfonni ochmoqchi bo‘lishgan. Ular shu tariqa kriptovalyuta bilan ishlovchi dasturga kirmoqchi bo‘lishgan, biroq buning uddasidan chiqishmagan.

Qotillikni amalga oshirishda gumon qilinib 4 kishidan iborat guruh qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Mavzuga oid
Top