19:20 / 19.09.2017
8221

Jyezus, Dembele yoki Mbappe. Golden Boy-2017‘ga da'vogarlar ma'lum

Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan Golden Boy-2017 mukofoti uchun da'vogarlar nomi e'lon qilindi.

Ushbu sovrin Yevropa milliy chempionatlarida to‘p surayotgan 21 yoshga to‘lmagan futbolchilarga beriladi. Bu yilgi sovrin uchun 25 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda. Ular:

Aaron Karikol («Espanol»), Jan-Keven Ogyusten («RB Leyptsig»), Rodrigo Bentankur («Yuventus»), Steven Bergveyn (PSV), Dominik Kelvert-Lyuin («Everton»), Federiko Keza («Fiorentina»), Usmon Dembele («Barselona»), Amadu Diavara («Napoli»), Kasper Dolberg («Ayaks»), Janluidji Donnarumma («Milan»), Gabriel Jyezus («Manchester Siti»), Jozef Gomes («Liverpul»), Benjamin Henrixs («Bayyer»), Borxa Mayoral («Real»), Kilian Mbappe («PSJ»), Emre Mo‘r («Selta»), Ris Oksford («Borussiya» M), Kristian Pulishich («Borussiya» D), Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Allan Sen-Maksimen («Nitstsa»), Dominik Solanke («Liverpul»), Teo Ernandes («Real»), Yuri Tilemans («Monako»), Enes Unal («Vilyarreal»), Kayl Uoker-Piters («Tottenhem»).

 

Ushbu sovrinni Italiyaning Tuttosport gazetasi topshiradi. Sovrin L’Equipe (Fransiya), Marca (Ispaniya), The Times (Angliya), A Bola (Portugaliya), De Telegraaf (Gollandiya), Tuttosport, Corriere dello Sport va Gazzetta dello Sport (barchasi – Italiya) kabi nashrlarning jurnalistlari bergan ovozga ko‘ra aniqlanadi.

Mavzuga oid
Top