20:41 / 20.09.2017
36671

Birja auksionlarida «birinchi» darajali avtoraqamlar joylashtirildi

2017 yilning 20 sentabrida birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuvga avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qo‘yilishi boshlandi, deb xabar beradi O‘zRTXB AJ Matbuot xizmati

Xususan, savdolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun 50dan ziyod «oltin» avtoraqamlar va yuridik shaxslar uchun 25dan ortiq lotlar joylashtirildi. Bugungi kundan e'tiboran O‘zRTXB axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar eng kutilayotgan (01) C 777 AB, (01) C 700 AB yoki (01) C 001 AB kabi avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksionlarda ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, avtoraqam.uzex.uz vebsayti birjaning Call-markaziga kelib tushayotgan takliflar asosida muntazam ravishda takomillashtirilmoqda. Shu jumladan, vebsaytga buyurtmalar stakani, shaxsiy kabinetda qidirish tizimi, istagan lotga obuna bo‘lish kabi qo‘shimcha funksiyalar kiritildi, ko‘p beriladigan savollar bo‘limi va berilgan takliflar ro‘yxati yaratildi, hamda xaridorlar uchun auksionda ishtirok etish qo‘llanmasi joylashtirildi. Eslatib o‘tamiz, birinchi toifali avtoraqamlarni savdolar bosqichi – 3 foizni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top