17:45 / 20.09.2017
3984

FT: Buyuk Britaniya Brexit uchun YeIga 20 mlrd yevro to‘lashga rozi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyada chop etiladigan obro‘li nashrlardan biri Financial Times gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, Tereza Meyning Brexit bo‘yicha yetakchi maslahatchisi Oliver Robbins YeI qator mamlakatlari yetakchilarining devonini tovon to‘lash masalasi hal etilishidan ogohlantirgan. Unga ko‘ra, Britaniya hukumati rahbari o‘zining Florentsiyadagi Brexit masalasiga doir ma'ruzasida ayni mavzuga to‘xtaladi. 

O‘z navbatida, Germaniya kansleri Angela Merkel Britaniya hukumatidan bu mablag‘ kamida 20 mlrd yevro bo‘lishi haqida ma'lumotga ega. 

Shunga qaramay, YeI Buyuk Britaniya tomonidan ijro etilmagan majburiyatlar 100 mlrd yevro atrofidagi mablag‘ni tashkil etishi mumkinligi haqida so‘z yuritib keladi. Biroq o‘zaro qarz oldi-berdilari hisoblansa, tovon puli 60 mlrd yevroni tashkil etishi mumkin. Garchi London tomonidan aytilayotgan 20 mlrd yevrolik mablag‘ Bryussel kutganidan anchakam bo‘lsa-da, Britaniya hukumati Brexit uchun YeIga qancha to‘lashni xohlayotganiga oydinlik kiritadi. 

Nashr maqolasida ta'kidlanishicha, "Mey jamoasi bu taklif Bryussel bilan Brexit bo‘yicha muzokaralarni boshi berk holatdan olib chiqishiga umid qilmoqda". 

Mavzuga oid
Top