10:24 / 20.09.2017
17938

Qariyalarga pensiyani uyigacha yetkazib berish tartibi qanday?

Foto: KUN.UZ

SAVOL: Mening buvim 85 yoshda, bobomiz yaqinda olamdan o‘tdi. Uning boquvchisi hisoblangan o‘g‘li ham 2015 yil olamdan o‘tgan, xozir kelin va nabiralari qo‘lida buvim pensiya pulini naqd qilib ham olmaydi. Oyoqlari, hamma yeri og‘riydi, biz buni qarichilik, deymiz. Buvimga pensiya bo‘limidan qanday yordam olishimiz mumkin.

Gulziyra Baymuratova

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli qarorining 2-bandiga ko‘ra, 2017 yilning fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi PQ-2826-sonli «Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining 3-bandiga asosan mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan bevosita ular yashaydigan joyga yetkazib beriladi.

Siz ushbu buvingizni pensiyasini yashash joyingizga yetkazib berilishini ta'minlash masalasida, hududingizdagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga murojaat etishingiz lozim.

Savollarga huquqshunos Mirzohid Shoqalamov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Top