02:56 / 20.09.2017
21630

Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida Afg‘oniston xalqiga doim yordam berishga tayyor ekanini ta'kidlab o‘tdi

Foto: BMT

19 sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh qarorgohida o‘z ishini boshlagan Bosh Assambleya 72-sessiyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Afg‘oniston muammosiga to‘xtalib o‘tdi.

Unda mamlakat rahbari mintaqa muammosi afg‘on hukumati va vakillarisiz hal bo‘lmasligiga urg‘u qilib, nizolar tinch yo‘l bilan hal bo‘lishini aytib o‘tdi. Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston muammosini ijobiy hal etish maqsadida AQSh prezidenti Donald Trampni yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

O‘zbekiston prezidenti qardosh afg‘on xalqining turmush tarzini yuksaltirishga doim tayyor ekanini, bundan keyin ham iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirib borishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ana shu masalalarga amaliy yechim topilishini ta'kidlagan Shavkat Mirziyoyev BMT Oliy organini Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlab qolish borasida ham hamkorlik qilishga chaqirib qoldi.

Mavzuga oid
Top