08:04 / 21.09.2017
8641

Angliya kubogi. Barcha favoritlar g‘alaba qozondi

Foto: Getty Images

Angliya liga kubogi 3-raundining qolgan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi kungi bahslarda asosan yetakchilar o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.

«Vest Bromvich» mehmoni bo‘lgan «Manchester Siti» Leroy Sanening dubli evaziga qiyin g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘z uyida quyi liga vakillarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. «Arsenal» pastki divizion jamoasini kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek bu raundda «Everton» «Sanderlend»ni qabul qilib 3:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariq Liga kubogining 4-raundiga yo‘l olgan barcha jamoa nomi aniq bo‘ldi.

Angliya liga kubogi, 3-raund

Vest Bromvich – Manchester Siti 1:2 (0:1)
Gollar:
 Yakob (72) – Sane (3, 77).
Vest Bromvich: Foster, Evans, Makoli (Fillips, 62), Gibbs, Douson, Kryxovyak, Yakob (Makkleyn, 80), Robson-Kanu, Morrison, Nom, Rodriges (Rondon, 67).
Manchester Siti: Bravo, Mangalya, Stounz, Danilo, Delf, Ture, Gundo‘g‘an (Uoker, 59), Bernardu Silva, Sterling, Sane (Fernandino, 79), Gabriel Jyezus.
Ogohlantirishlar: Delf (45), Yakob (54), Sane (59), Sterling (66), Danilo (85).

Arsenal – Donkaster 1:0 (1:0)

Gol: Uolkott (25).
Arsenal: Ospina, Chembers (Dasilva, 46), Mertesaker, Holding, Uilsher, En-Nenni, Uolkott (Ivobi, 76), Meytlend-Naylz, Sanches, Jiru, Nelson (Uillok, 84).
Donkaster: Loulor, Meyson, Rayt, Batler, Xauton (Olkok, 62), Kongolo, Uaytmen, Koppindjyer (Mendvill, 62), Rou, Mey (Markvis, 76), Bler.
Ogohlantirish: Meyson (68).

Everton – Sanderlend 3:0 (1:0)
Gollar: 
Kelvert-Lyuin (38, 51), Nyasse (83).
Everton: Stekelenburg, Kin, Kenni, Xolgeyt, Uilyams, Devis, Beshich, Klassen, Vlashich (Lennon, 81), Kelvert-Lyuin (Nyasse, 66), Sandro Ramires (Lukman, 73).
Sanderlend: Stil, Lav, Mettyuz, Djons, Kone, Ndong, Roduell (Makmanaman, 54), Guch, Gibson, Xanimen (Uilyams, 63), Voen (Robson, 85).

Chelsi – Nottingem Forest 5:1 (3:0)
Gollar:
 Kenedi (13), Batshuayi (19, 53, 86), Musonda (40) – Darikva (90).
Chelsi: Kabalero, Zappakosta (Sterling, 76), Keyxill, Kristensen (Klark-Solter, 71), Kenedi, Azar, Bakayoko, Musonda, Fabregas (Ampadu, 56), Ryudiger, Batshuayi.
Nottingem Forest: Henderson, Foks (Darikva, 59), Hobbs, Mansenn, Lixay, Buxalakis, Osborn, Dauell (Klaf, 74), Uorrell, Kammings, Uoker (Brirton, 65).
Ogohlantirish: Hobbs (21).

Manchester Yunayted – Berton 4:1 (3:0)
Gollar:
 Reshford (5, 17), Lingard (36),Marsiyal (60) – Dayyer (90).
Manchester Yunayted: Romero (Kashtru, 78), Lindelef, Blind, Darmian, Smolling, Lingard, Errera, Kerrik, Mata (Shou, 46), Marsyal, Reshford (Maktomini, 64).
Berton: Ripli, Land, Terner (Uornok, 46), Flenagan, Palmer, Neylor, Allen (Merfi, 46), Akpan (Eykins, 78), Varni, Dayyer, Meyson.
Ogohlantirishlar: Akpan (42), Uornok (71).

Top