10:46 / 21.09.2017
5620

Armaniston mustaqilligining 26 yilligini nishonlamoqda

Foto: RIA «Novosti»

Armaniston aholisi 21 sentabr kuni respublika mustaqilligining 26-yilligini tantana qilishmoqda. 

Shu kuni ko‘plab bayram tadbirlari Yerevan shahri va mamlakatning viloyat markazlarida tashkil etiladi. Respublika rahbariyati turli tadbirlarda ishtirok etadi. Shu kuni, an'anaga ko‘ra, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, mudofaa, fan va madaniyat sohalaridagi xizmatlari uchun qator fuqarolarga davlat mukofotlari topshiriladi. 

Armaniston mustaqillik deklaratsiyasi Armaniston Oliy kengashining 1990 yil 23 avgustdagi majlisida qabul qilingan edi. Ushbu hujjat bilan Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, mustaqil Armaniston respublikasi e'lon qilingan edi. 

Armaniston Oliy Kengashi qarori bilan 1991 yil 21 sentabrda SSSR tarkibidan chiqish va mustaqil davlatchilikka asos solish haqida referendum o‘tkazilgan. Unda 94,99 foiz fuqaro bu masalaga ijobiy javob bergan. Respublika Oliy kengashi referendumdan 2 kun o‘tib, Armanistonni mustaqil davlat deb e'lon qildi.

Mavzuga oid
Top