22:29 / 21.09.2017
12069

Sambo sport turi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi

Foto: ITAR-TASS

Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk marotaba sambo sport turi bo‘yicha musobaqalar kiritildi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

"Sambo sport turi tarixida yangi sahifa ochilayotgani bilan ushbu sport turining barcha ixlosmandlarini tabriklamoqchiman. Bugun samboning Olimpiadaga qo‘shilishiga sezilarli ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan haqqoniy, muhim qaror qabul qilindi. Hech kimga sir emaski, Osiyo o‘yinlari Olimpiya o‘yinlarining muqobili hisoblanadi va uning bu o‘yinlar dasturiga kiritilishi katta muvaffaqiyatdir. Keyingi yilda samboga 80 yil to‘ladi va butun dunyo sambochilari musobaqalarda bu yubileyni keng nishonlashlari mumkin bo‘ladi", deb aytgan Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov.

Osiyo o‘yinlarida sambo bo‘yicha musobaqalar 6 ta: erkaklar orasida 62 kg, 74 kg, 90 kg gacha  va ayollar o‘rtasida 56 kg, 64 kg va 72 kg gacha vazn toifalarida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi 18-sonli Osiyo o‘yinlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 5-20 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarda Osiyoning 45 ta davlati vakillari bellashadilar.

Top