15:47 / 21.09.2017
13102

Seulda 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlari medallari taqdim etildi 

Seulda 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari medallari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi matbuot relizida xabar berilishicha, medallar dizayni Koreya madaniyati an'analarini o‘zida aks ettiradi. Medalning old tomonida diagonal chiziqlar tasvirlangan, mukofotning orqa tomonida esa – Olimpiya o‘yinlari emblemasi bor.

Kelasi yilning 9-25 fevral kuni Pxyonchxanda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va mehmonlarining xavfsizligi bo‘yicha kafolatlar Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In tomonidan Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga berildi. Holat Koreya yarim orolidagi vaziyat keskinlashganidan qaramay sodir bo‘ldi. Bu seshanba kuni uning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan Nyu-Yorkdagi uchrashuvi vaqtida, Janubiy Koreya tomoni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga tegishli hujjat topshirganidan so‘ng ro‘y berdi. 

 

Top