16:40 / 21.09.2017
15001

O‘zbekiston va Qozog‘iston neft quvurini qurishga kelishib oldi 

Foto: Anadolu

O‘zbekiston va Qozog‘iston Chimkent-Jizzax neft quvurini qurishga kelishib oldi, deya xabar beradi Kazinform axborot agentligi.

Quvurni qurish o‘tgan hafta Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida imzolangan energetika sohasidagi hamkorlikning ayrim masalalari bo‘yicha doiraviy kelishuvda nazarda tutilgan. 

Kelishuvga muvofiq, yiliga 5 million tonna quvvatga ega Chimkent-Jizzax neft quvuri 2021 yilga kelib foydalanishga topshiriladi.

Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, tomonlar neft quvurini qurish va ishga tushirish uchun vakolatli tashkilotlarning rejalarini amalga oshirish maqsadida qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi.

 

Top