21:30 / 21.09.2017
7420

Janubiy Koreya yetakchisi Shimoliy Koreyani tinchlikka chaqirdi

Foto: kremlin.ru

Koreya yarimorolidagi tanglik ortida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya rahbariyatiga BMT Bosh assambleyasi minbaridan murojaat qildi.

Chjye In Shimoliy Koreyani tinchlik yo‘lini tanlashga va yadro sinovlari bilan bog‘liq vaziyat atrofida ko‘p tomonlama muloqot boshlashga chaqirgan.

"Men Shimoliy Koreya tinchlik yo‘lini tanlashini istayman", deb koreys tilida murojaat qilgan Chjye In.

U, shuningdek, Janubiy Koreya Shimoliy Koreyani "yutib yuborish" yoki sun'iy yo‘l bilan u bilan birlashishga intilmayotganini aytgan.

Top