09:43 / 22.09.2017
4269

20 sentabr kuni Toshkentda 6 ta yong‘in sodir bo‘ldi

2017 yilning 20 sentabr kuni Toshkent shahar hududida 6 ta yong‘in sodir bo‘lib, umumiy maydoni 172 kv.m.ni tashkil etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yong‘inlar oqibatida vafot etganlar yo‘q.

Yong‘in sodir bo‘lgan jabhalar: 

Mazkur 6 ta yong‘indan 1 tasi xonadonda (jami 10 kv.m.), 1 tasi ma'muriy binoda (jami 4 kv.m.), 1 tasi do‘konda (jami 5 kv.m.), 3 tasi shox-shabba, quruq-o‘tlarda (jami 153 kv.m.) sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top