22:12 / 22.09.2017
11259

2018 yili Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi tashkil etilishi mumkin

Foto: xalkaro pres klub

2018 yili Samarqand shahrida yana bir yirik xalqaro anjuman o‘tkazilishi mumkin. Prezident Sh.Mirziyoyev o‘zining AQShga safari chog‘ida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinishining 70-yilligi munosabati bilan ushbu shaharda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumini o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori Akmal Saidov Xalqaro press-klub majlisida ma'lum qildi. 

Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad Al Husayn bilan uchrashganida shunday tashabbusni bildirgan. 

Foto: xalkaro pres klub

«O‘zbekiston, endilikda, himoyalanish pozitsiyasidan siyosat yuritmayapti. Avvallari bizlarni tanqid qilishardi, biz himoyalanib, javob berardik. Hozirda, O‘zbekiston nafaqat milliy, balki global miqyosda tashabbuslar bilan chiqmoqda. Bu esa O‘zbekistonning yanada ochiq, shaffof, amaliy mamlakatga, inson huquqlariga doir eng nozik masalalarni ham muhokama qiladigan davlatga aylanib borayotganidan dalolatdir», — dedi Akmal Saidov.

Foto: xalkaro pres klub

Shu bilan birga, Prezident BMT IHOK vakolatxonasini Toshkentda ham ochishni taklif qilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, mazkur yo‘nalishdagi islohotlar jarayonida «Bishkek orqali emas, bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yishdir». 

Top