22:17 / 22.09.2017
4633

Britaniyaliklarning aksariyati Brexit'ga qarshi

Foto:aa.com.tr

BMG Research'ning so‘nggi so‘rovnoma xulosalari Buyuk Britaniya aholisining 52 foizi mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishiga qarshi ekanidan dalolat bermoqda. The Independent shu haqida xabar berdi.

12-15 sentabr kunlari o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 48 foiz respondent Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishini qo‘llab-quvvatlagan.

So‘rovnomada 1447 nafar fuqaro ishtirok etgan. So‘rovnoma natijalari o‘tgan yilgi referendum yakunlariga mutlaqo zid. O‘tgan yili 52 foiz britaniyalik Brexit uchun ovoz bergan. 

Avgust oyida o‘tkazilgan xuddi shunday so‘rovnoma natijalari teng ko‘rsatkichni qayd qilgan edi. 

2016 yilning 23 iyunida Britaniya fuqarolari mamlakatning YeIdan chiqishi uchun ovoz berishgandi. 

Top