08:34 / 22.09.2017
4835

Xitoy moliya vazirligi S&P agentligining qaroriga munosabat bildirdi

Xitoy moliya vazirligi Standard & Poor's xalqaro reyting agentligining mamlakat suveren kredit reytingini tushirish qarorini xato, deb baholadi. Bu haqda vazirlik saytiga joylashtirilgan xabarda so‘z yuritilgan

Kuni kecha, 21 sentabr kuni S&P agentligi Xitoyning milliy kredit reytingini «A+» darajasigacha pasatirishga qaror qilgan edi. 

«S&P agentligining Xitoy suveren kredit reytingini pasaytirishi xato qaror hisoblanadi», — deyiladi xabarda. 

Vazirlikning uqdirishicha, Pekin ma'muriyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar sababli so‘nggi yillarda mamlakatda barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan S&P qarori Xitoy moliya vazirligini  «tashvishlantiradi».

Top