09:52 / 22.09.2017
9934

Oq uy Tramp va Poroshenko uchrashuvi haqida ma'lumot berdi

Foto: Reuters

Ukraina va AQSh prezidentlari Pyotr Poroshenko va Donald Tramp Nyu-Yorkda o‘tayotgan BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida 21 sentabrda uchrashishdi.   

"Prezident Tramp Ukraina iqtisodiyoti va mudofaa imkoniyatlari o‘sishiga ko‘mak berayotgan islohotlarni ijobiy qarshiladi va prezident Poroshenkoni korrupsiyani yo‘q qilish va mamlakatda biznes-muhitni yaxshilash bo‘yicha ishni davom ettirishga chaqirdi", deb aytilgan AQSh prezidenti ma'muriyati bergan xabarda.

Tramp, shuningdek, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan. Bundan tashqari, ikki davlat yetakchisi Ukraina sharqida tinchlikka erishish yo‘llarini muhokama qilishgan. 

Mavzuga oid
Top