15:10 / 23.09.2017
12627

Afg‘onistonda toliblar navbatdagi hujumni amalga oshirdi

Foto: AP

Afg‘onistonda «Tolibon» radikal harakati jangarilarining G‘azni viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilishi natijasida besh politsiyachi halok bo‘ldi va yana sakkiz nafari jarohat oldi. Bu haqda Pajhwok mahalliy gubernator matbuot kotibiga asosan xabar bergan.

Shuningdek, oddiy fuqarolardan sakkiz kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar ham hujum qaytarilganda yo‘qotishlarga uchrashgan, biroq aniq ma'lumotlar keltirilmagan.

Avvalroq «Tolibon» Trampning qarorini qoralab chiqqani xabar berilgandi.

Top