19:12 / 23.09.2017
6123

Britaniyalik aktyor Kolin Fert Italiya fuqaroligini oldi

Foto: GETTY IMAGES

Sole24 Ore nashrining ma'lum qilishicha, Italiya ichki ishlar vazirligi "Oskar" mukofoti sovrindori, britaniyalik aktyor Kolin Fert Italiya pasportini olgani haqidagi axborotni tasdiqladi. Vazirlikda aytilishicha, aktyor avvallari unga Italiya juda yoqishi haqida ko‘plab marta aytgan.

Fert 20 yildan beri italiyalik prodyuser Liviya Jujolining turmush o‘rtog‘i hisoblanadi va Italiyaning Umbriya viloyatida yashaydi. Aktyor o‘z rafiqasi va farzandlari kabi pasportga ega bo‘lishni istashini aytib kelgan.

Bundan tashqari, Fertning bu qarorni qabul qilishiga Buyuk Britaniyada qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha ovoz berish natijasi ta'sir qilgan.  

Ta'kidlanishicha, qonun Fertga Britaniya fuqaroligini saqlab qolgan holda Italiya fuqaroligini olishga ruxsat beradi.

Mavzuga oid
Top