12:33 / 23.09.2017
5656

Buyuk Britaniya TIV Doimiy kotibi O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 24 sentabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligi Doimiy kotibi Saymon Makdonald O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.

S.Makdonald Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.

Mavzuga oid
Top