19:38 / 23.09.2017
55551

Donetskda “DXR” vaziri “Sasha Tashkent”ga suiqasd qilindi

Foto: dnr-online.ru

Donetsk shahrida shanba kuni ertalab ikkita portlash yuz berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi. Agentlik manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, “DXR” daromadlar va yig‘imlar vaziri Aleksandr Timofeyevga suiqasd uyushtirilgan.

Amaldor hujum natijasida jarohat oldi va og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi, deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.

«Interfaks» agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Timofeyevdan tashqari yana yetti kishi jabrlangan. “DXR”dagilar Timofeyevga suiqasd bo‘yicha izoh bermadi.

“Sasha Tashkent” laqabli Timofeyev 2014 yilda “Tayanch” jangovar bo‘linmasiga rahbarlik qilgan. So‘ng u “DXR” daromadlar va yig‘imlar bo‘yicha vaziriga aylandi, 2016 yilda esa “DXR” hukumati rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi.

Timofeyevga “Sasha Tashkent” laqabi u Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida tahsil olgani tufayli qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top