08:59 / 23.09.2017
17774

Lavrov: AQSh va Shimoliy Koreya o‘zlarini bog‘cha bolalaridek tutmoqdalar

Foto: EPA

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreyaning raketa-yadroviy sinovlari atrofidagi vaziyatda AQSh va Shimoliy Koreyaning o‘zlarini tutayotganlarini bog‘cha bolalarining qiliqlariga qiyosladi.

"Biz Xitoy bilan his-tuyg‘uli emas, ongli yondashuvga erishishni davom ettiramiz. Ular o‘zlarini bolalar bog‘chasida janjallashayotgan ikki boladek tutmoqdalar va hech kimni ularni to‘xtata olmaydigandek go‘yo", deb aytdi Lavrov BMT Bosh assambleyasi natijalariga ko‘ra Nyu-Yorkda o‘tgan matbuot-anjumanda.

AQSh prezidenti Donald Tramp BMTdagi nutqida Shimoliy Koreya yetakchisini "raketa-odam" deb atab, Shimoliy Koreyani yo‘q qilish bilan tahdid qilgandi.

Kim Chen In bunga javoban Trampni "bezori va gangster" deb atagan va uni "olov bilan jilovlab olishini" aytgan.

Mavzuga oid
Top