17:40 / 24.09.2017
5935

A Seriya. «Milan» yana yutqazdi

Foto: twitter.com/@Squawka

Italiya A seriyasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida «Milan» «Sampdoriya» bo‘lib imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Uchrashuvning dastlabki qismida «Sampdoriya» penalti tepish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi, ammo videoassistent yordamida bu jarima bekor qildi.. Shunga qaramay, 72-daqiqada Duvan Sapata mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Rikardo Alvares hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani mustahkamlovchi golni kiritdi.

Ushbu natijadan keyin «Milan» hisobidagi ochkolar soni 12taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda qoldi. «Sampdoriya»  esa 11 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.

Italiya A seriyasi, 6-tur

Sampdoriya – Milan 2:0 (0:0)
Gollar: Sapata (72), Alvares (90+1).
Sampdoriya: Pudjoni, Silvestre, Strinich, Bereshinski, Ferrari, Barreto, Torreyra (Kapetstsi, 90), Ramires (Verre, 84), Prat (Alvares, 90), Kualyarella, Sapata.
Milan: Donnarumma, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Sapata, Bigliya, Kessie, Suso (Chalxanoglu, 78), Bonaventura (Kutrone, 78), Abate (Borini, 82), Kalinich.
Ogohlantirishlar: Donnarumma (72), Bonuchchi (83).

Top