00:20 / 24.09.2017
4888

A seriya. «Napoli» qiyin g‘alabaga erishdi, «Roma» o‘z uyida uch ochkoli bo‘ldi

Italiya A seriyasining 6-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda chempionlik uchun kurash olib borayotgan «Roma» va «Napoli» jamoalari navbatdagi g‘alabalarini qo‘lga kiritdi.

«Roma» o‘z uyida «Udineze»ni mag‘lub etdi. Eden Djyeko va Stefan Ash-Shaaraviyning (dubl) gollari rimliklarga navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi. «Napoli» esa liga debyutanti SPAL mehmoni bo‘lib dramatik tarzda kechgan uchrashuvda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi.

Ushbu g‘alaba evaziga «Napoli» 6 uchrashuvda yuz foizlik natija qayd etib, 18 ochko to‘plagan holda A seriya turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Italiya A seriyasi

6-tur

Roma – Udineze 3:1 (3:0)

Gollar: Djyeko (12), Ash-Shaaraviy (30, 45) – Larsen (90).
Roma: Alisson, Florentsi (Bruno Peres, 78), Manolas, Fasio, Kolarov (Moreno, 74), Strotman, de Rossi, Nainggolan, Perotti, Djyeko (Defrel, 71), Ash-Shaaraviy.
Udineze: Bissarri, Larsen, Andjyella, Nyuytink, Samir, de Paul (Bayich, 70), Bexrami, Barak (Fofana, 52), Yankto, Lopes, Lazanya (Petstsella, 46).
Ogohlantirish: Lopes (42).

SPAL – Napoli 2:3 (1:1)

Gollar: Skyattarella (13), Viviani (78) – Insine (14), Kalexon (71), G‘ulom (83).
SPAL: Gomis, Salamon, Vikari, Felipe (Vyaysyanen, 66), Skyattarella, Kosta, Mora (Ritstso, 81), Ladzari, Viviani, Antenuchchi, Borrello (Paloski, 86).
Napoli: Reyna, Maksimovich, G‘ulom, Hyusay, Kulibali, Diavara, Zelinski (Milik, 70), Insine, Gamshik (Allan, 61), Kalexon, Mertens (Rog, 76).
Ogohlantirishlar: Insine (9), Salamon (39), Viviani (53), Skyattarella (67).

Top