14:00 / 24.09.2017
10513

AQSh razvedkasining maxfiy sun'iy yo‘ldoshiga ega raketa ishga tushirildi

Foto: ULA

Kaliforniyada AQSh razvedkasining maxfiy sun'iy yo‘ldoshiga ega Atlas V raketasi ishga tushirildi. United Launch Alliance (ULA) kompaniyasi uning translyatsiyasi bilan bo‘lishmoqda. 

NROL-42 missiyali raketa starti Vandenberg kosmodromida bo‘lib o‘tdi. Start juma kuni amalga oshirilishi kerak edi, ammo nosoz batareyani almashtirish zarurati sababli boshqa kunga ko‘chirilgan edi. 

O‘tgan haftada AQShning janubiy qismini qamrab olgan "Irma" dovuli sabab ham raketani ishga tushirish kuni ko‘chirilgandi.

United Launch Alliance kompaniyasi AQSh harbiy kuchlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq raketa startini amalga oshirmoqda. Vazifasi noma'lum sun'iy yo‘ldosh Amerika razvedkasi ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. 

Atlas V raketa-tashuvchisi uchun bu yil boshidan buyon 6-start bo‘lsa, AQSh Milliy razvedka boshqarmasi uchun 2006 yildan buyon 25-start hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top