00:51 / 24.09.2017
27332

OAV Neymarning «PSJ»dagi maoshi miqdorini aniqladi. Haddan tashqari ko‘p

Braziliyalik hujumchi Neymarning «PSJ» tarkibida ishlab topayotgan moliyaviy daromadlari miqdori aniq bo‘ldi. Bu haqda Der Spiegel nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchi Parijda oyiga 3 million 69 ming 520 yevro pul ishlab topmoqda. Natijada 25 yoshli hujumchining kunlik oladigan puli 100 ming yevrodan ko‘p bo‘lmoqda.

Braziliyalik futbolchi Parijdan 9 kilometr uzoqlikda joylashgan uyda kuniga 14 ming yevro to‘lab ijarada turadi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Neymarni «Barselona»dan 222 million yevro evaziga sotib olgan va uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirgandi.

Top