18:00 / 24.09.2017
6587

Eron Bag‘dod iltimosiga ko‘ra Iroq Kurdistoni bilan aviaqatnovni to‘xtatdi

Foto: AFP

Eron rasmiy Bag‘dod iltimosiga ko‘ra Iroq Kurdistoni bilan aviaqatnovni to‘xtatdi.

Fars agentligi xabariga ko‘ra, iroqliklar tomoni so‘rovi Eron Islom Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati oliy kengashi tomonidan qabul qilingan.

«Iroq hukumati iltimosiga ko‘ra, Sulaymoniy va Erbilya aeroportlaridan kurdlar hududiga amalga oshiriladigan barcha parvozlar to‘xtatildi», deyilgan xabarnomada.

Bugun Iroq Kurdistonida mustaqillik haqidagi referendum o‘tkazilmoqda. Bu referendum mamlakat hududida turli bahslarni keltirib chiqarmoqda. 

Ikki yil oldin faoliyati to‘xtatilib qo‘yilgan Iroq Kurdistoni parlamenti 15 sentabr kuni o‘z ishini yana qaytadan boshladi. Qonun chiqaruvchi kengashning yig‘ilishida asosiy masala avtonom viloyat mustaqilligiga bag‘ishlangan referendum o‘tkazilishi mavzusi bo‘ldi.

Iroq Kurdistoni avtonom viloyati hukumati markaziy hukumat fikriga quloq solmagan holda, 25 sentabr kuni Iroqdan ajralib chiqish referendumini o‘tkazishni belgiladi. 

Rasmiy Bag‘dod ushbu referendum o‘tkazilishini qonunga zid deya hisoblagan.

Bundan avvalroq Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati oliy kengashi bosh kotibi Ali Shamxoniy kurdlar Iroqdan ajralib chiqishi Eron bilan xafvsizlik bo‘yicha kelishuv bekor bo‘lishi, bu mamlakat bilan chegaralar yopilishiga olib kelishi haqida ma'lum qilgandi.

Top