12:30 / 24.09.2017
30476

Fotofakt. Asqar Tolibjonov O‘FFdan ketdi

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi qoshida tashkil qilingan va keyinchalik faoliyati tugatilgan terma jamoalar markazi rahbari bo‘lib ishlagan Asqar Tolibjonov, keyinchalik O‘FF rasmiy saytida tashkilot vitse-prezidenti sifatida ko‘rsatib kelinardi.

Endilikda federatsiya rasmiy saytida berilgan rahbariyat to‘g‘risidagi ma'lumotlar sahifasida Asqar Tolibjonov butunlay olib tashlangan. Shundan bilish mumkinki, Tolibjonov bu lavozimidan ham ketgan.

Foto: Tribuna.uz

Hozircha Asqar Tolibjonovning keyingi faoliyati borasida ma'lumotlar berilmagan.

Top