11:20 / 24.09.2017
6886

Makronning reytingi ko‘tarilmoqda

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch reytingi keyingi ikki oyda ilk marta ko‘tarildi. Bu haqda Journal Du Dimanche xabar tarqatdi.

Ifop markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, sentabr oyida fransuzlarning 45 foizi prezidentni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bu esa avgust oyidagi ko‘rsatkichga qaraganda 5 foizga ko‘pdir.

Iyul oyida Makronga bo‘lgan ishonch 10 foizga, avgustda 14 foizga pastlagandi.

Fransiya bosh vaziri Eduar Filippning ham nufuzi o‘sgan — 48 foiz.

Ifop tomonidan qayd etilishicha, Fransiyaning sobiq prezidentlari Fransua Olland va Nikol Sarkozining 2007 va 2012 yillarning sentabr oylarida qulashi kuzatilgandi, Makron bu an'anani buzdi.

Mavzuga oid
Top