19:30 / 24.09.2017
4651

Mali shimolida yuz bergan portlashda BMTning 3 nafar xodimi halok bo‘ldi

Foto:un.org

Mali shimolida yuz bergan portlashda BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘p yo‘nalishli missiyasining 3 nafar xodimi halok bo‘ldi, yana 5 kishi yaralandi.

Bu haqda missiyaning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, missiya avtomobili Gao viloyatida minada portlagan.

Halok bo‘lganlarning fuqaroligi ma'lum qilinmagan.

Avgustda Malida BMT bazasiga hujum qilinishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgandi.

Top