Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 23 sentabr kuni Samarqandga keldi. 

ÖzA xabariga köra, Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Turobjon Jörayev kutib oldi. 

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 24 sentabr kuni Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilişni, Samarqandning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari bilan tanişişni rejalaştirgan. U kunning ikkinçi yarmida Toşkentga keladi. Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatrida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan tatar millatiga mansub yurtdoşlarimiz bilan uçraşadi, Tatariston san'at ustalari iştirokidagi konsert dasturini tomoşa qiladi. 

Taşrifning asosiy voqealari 25 sentabrga möljallangan. R.Minnixonov buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil Özbekiston asosçisi Islom Karimov haykali poyiga gul qöyadi. 

Şu kuni R.Minnixonov poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida taşkil etiladigan Özbekiston – Tatariston işbilarmon doiralari vakillari qöşma biznes-forumida qatnaşadi. 

Tatariston Prezidenti turli vazirlik va idoralarida uçraşuvlar ötkazadi, Toşkentning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.